Notinchlik, beqarorlik bor joyda ko‘proq xalq, oddiy odamlar jabr chekadi. Axir tinchlik bor joyda inson xotirjam yashaydi, orzu umidlar qiladi. Shu jihatdan afg‘on xalqi uzoq yillardan beri mamlakatdagi beqarorlikdan aziyat chekib keladi. Ana shunday sharoitda o‘sib ulg‘aygan afg‘onistonlik o‘zbek qizi Asila Nabizoda ham o‘z yurtida tinchlik o‘rnatilishini doim orzu qilib kelgan.
«Ota-onamning Islom Karimovga hurmati juda baland edi»
U kishining Qashqadaryoga mehri bo‘lakcha edi
Bu vohani ikkinchi ona yurtim, deb atardi. Va bir gapni ko‘p bora takror-takror aytganini eshitganman: “Mening Toshkentda kabinetlarda o‘tgan 27 yillik umrim Qashqadaryoda ishlagan 3 yillik ish faoliyatim bilan teng tosh bosadi” derdi.
Mustaqillik shabadalari
Olisdan kelib O‘zbekiston boshida qilich o‘ynatganlarning hashagi ochilib qolishi markazga yoqmasligi tabiiy edi. Shu boisdan o‘sha paytdagi SSSR prokurori Trubin Toshkentga tahdid to‘la xat yo‘llab, O‘zbekiston Oliy sudining qarorini Ittifoq qonunlariga zid hicoblab, uni zudlik bilan bekor qilish, hay’atni tarqatib yuborish va O‘zbekiston Oliy sudi xodimlariga nisbatan chora ko‘rishni talab qiladi. Shunda Islom Karimov o‘sha dag‘dag‘ali «tarixiy» xat tepasiga «Arxivga!» deb yozib qo‘yadi!