“Birinchi Prezidentimizning eng oliy maqsadi – mamlakatimizni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga ko‘tarish edi”

Bir vaqtlar, Sho‘ro davlati tarkibida bo‘lganimizda mualliflik huquqi bo‘yicha xalqaro anjumanlarda qatnashishimga to‘g‘ri kelgan. Afrikadagi, bizning kattaroq qishlog‘imizga teng keladigan ayrim davlatchalar Amerika bilan teppa-teng ovoz berardi. Biz esa, go‘yoki hech kim emasdik, sho‘rolarning umumiy qozonida qaynardik, xolos. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan keyin xorijga biror xalqaro mashvaratga boradigan bo‘lsak, o‘z elchixonamiz vakillari kutib oladigan bo‘ldi. O‘zbekiston elchixonasi mening o‘z uyimdir. Buni boshdan o‘tkazgan biladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

“Olloh – qalbimizda, yuragimizda”

Dahriylik, xudosizlik g‘oyasini keng targ‘ib etish, ittifoqdosh respublikalarning diniy-milliy qadriyatlariga qarshi ayovsiz kurash sobiq Ittifoq davrida davlat mafkurasining asosini tashkil etar edi. Stalin qatag‘onlari davrida minglab ulamolar, jumladan, taraqqiyparvarlik va mo‘’tadil islom g‘oyalarini ilgari surgan jadid ma’rifatparvarlari hibsga olinib, qatl etildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: