O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayotligida ularning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova hammamizda o‘ta kamtar, kamsuqum, sipo ayol sifatida taassurot qoldirgan edi. Aslida talato‘p zamonda mamlakatni ozodlik tomon boshlab, yurt mustaqilligini chorak asr tinchlikda ushlab turgan, shijoatli inson bilan ibratli umr kechirish ayoldan cheksiz sabr-toqat, iroda, aql talab qilishi tabiiy hol. Demak, Tatyana Akbarovnaning zohiri osoyishta ko‘ringani bilan uning qalbida dolg‘ali, hech kimnikiga o‘xshamaydigan dunyo borligi aniq.
Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit…
Videoarxiv: Mustaqilligimizning 1 yilligi qanday nishonlangan edi?
1992 yilning 31 avgust kuni O‘zbekistonimiz mustaqilligining bir yillik tantanalari nishonlangan edi.
Videoarxiv: Islom Karimov “Mustaqillik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi insonni e’lon qildi
“Mustaqillik” ordeni 1994 yili Vatanimiz suveren taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlay boshlagan kezlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, Istiqlol tongida, Prezident Islom Karimov tomonidan ta’sis etildi. Ushbu mukofotning ta’sis qilinishi bir asrdan ziyod davom etgan mustamlaka davrini yashagan xalq tafakkurini yangilash hamda milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi ordenning O‘zbekiston mustaqilligi va hurligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarga buyuk xizmatlari e’tirofi sifatida berilishi esa chuqur ramziy ma’noga ega edi.