Islom Karimovning abadiylashtirish g‘oyasi

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlanadi.

Birinchi Prezidentimizning farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi va uning 660 yillik yubileyi respublikamizda keng nishonlandi. 1996 yilning 14 martida esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini barpo etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Ana shu tarixiy haqiqat mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni doimo to‘lqinlantirib kelardi va shu bois yangi bir g‘oya namoyon bo‘ldi. Bu – buyuk bobokalonimiz xotirasini o‘z ona tuprog‘ida –O‘zbekistonda abadiylashtirish g‘oyasi edi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahrida barpo etildi.
Muzey xalqimiz va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida 1996 yilning 18 oktyabrida tantanali ravishda ochildi.

 


Bugungi zo‘r shodiyona bilan ochilayotgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilishining yana bir amaliy isbotidir. Aytish mumkinki, Amir Temur xiyoboni go‘zal bir uzuk bo‘lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko‘zidir. 

Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti

Bugungi kunda muzey fondidagi ashyolar 5000 ga yaqindir. Muzey ekspozitsiyasidan 2000 dan ortiq eksponat o‘rin olgan. Hozirda muzey ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan va fondlarida saqlanayotgan eksponatlar Temuriylar tarixidan so‘zlovchi noyob yodgorliklardir. Islom Karimov muzey qurilishida shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Kerakli maslahat va tavsiyalarni bergan.
025
027
023
024
021
021
020
025 027 023 024 021 021 020
–
Muzey xazinasini Frantsiyadagi Luvr muzeyi tomonidan sovg‘a qilingan Amir Temur siymosining nusxalari, Eron elchixonasidan Amir Temur va temuriylarning qo‘shni davlat hukmdorlari bilan yozishmalari, Hindiston elchixonasidan bir nechta qo‘lyozma sahifalaridan nusxalar, Pokiston, Xitoy elchixonalari, Malayziya, Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Turkiya va boshqa davlatlar, shuningdek yurtdoshlarimizning sovg‘alari yanada boyitgan. “Sovg‘alar” ko‘rgazmasi bilan tanishgan tomoshabin bunga guvoh bo‘ladi.
–
016
017
014
001
015
013
012
011
006
018
020
–
Hozirgi kunda, muzeyda asosiy ekspozitsiya bilan bir qatorda “Dastxatlar”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Shohruxiya – temuriylar bunyodkorligi yodgorligi”, “Samarqand 2750 yoshda”, ”Sovg‘alar“, “Temuriylar me’moriy obidalari” kabi ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda.–
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: